SMS-Yangi yil tabriklari CHiroyli.Com
&~Sizlarga 2012 - yil 12 - oy sog'liq, 
53 hafta yahshilik, 365 kun baht, 
8760 soat  omad, 5256600 minut sevgi, 
315360000 sekund  bahtli damlarni 
tilayman!!!
&~Qorbobo ko'rdim, qopsiz, 
Qorqiz uni sudrab kelardi. 
Har bir sovg'a o'rnida, 
Bo'shagan butilka turardi.
&~Yangi yilda barcha tilagan 
niyatlaringiz amalga 
oshishin Yaratgandan 
so'rab qolaman! 
2012-MUSTAXKAM OILA 
YILIda mavjud oilalar 
mustaxkamlansin! Yangi 
oila qurayotganlarga esa 
tilagim: Oilangizning 
darvozasi "SADOQAT"dan, 
devorlari ''BAXT",dan 
zinalari "VAFO"dan, 
derazalari "SHODLIK"dan, 
ustunlari "SEVGI"dan, 
poydevori "ISHONCH" dan, 
qo'rg'oni "DO'STLIK"dan 
bo'lsin! Inshaolloh hazinasi 
"SOLIH FARZANDLAR" bo'lsin! 
Hazinaning ichida 
"FARZANDLAR KAMOLI" 
bo'lsin! Omin!!! 
YANGI YILINGIZ MUBORAK!!!
&~Bahor oftobiday chehrangiz kulsin, 
Doimo hamrohingiz tabassum bo'lsin. 
Kirgan bog'ingiz mevazor bo'lsin, 
Yangi yilingiz muborak bo'sin!
&~Qorbobojon qalesiz 
Sovg'alarni sanesiz 
Senga sovg'a borku 
Deb doym meni aldesiz
&~Tabassumga burkansin dunyo, 
Qordek oppoq bolsin dilingiz. 
Bolsin qordek toz, musaffo 
Qadam qoygan YANGI YILINGIZ!!!
&~Yangi yilda baxt bolsin 
Omad shodlik naqd bolsin. 
Hayotimiz qand bolsin 
Orzu niyat taht bolsin!
&~Qorbobomiz oppoq 
Peshanasi yalpoq. 
Hassasi uzunchoq 
Ko'proq bering o'yinchoq.
&~YANGI YIL yangi orzu degani 
YANGI YIL yangi umid degani 
YANGI YIL yangi sevgi degani 
YANGI YIL yangilanish degani
&~Yangi yil kechasi ballada 
Eshiging ochildi, 
Chehrangda yog'du. 
Lablaringga xiyol tabassum indi. 
O'sha yigirma yil avvalgi tuyg'u- 
Bir lahza yurakning urushi tindi... 
&~Qoshlaring yoyini tortdi taajjub, 
Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar. 
Ichkari Yangi Yil- archangda ajib, 
Turli nurlar sochib yonar chiroqlar... 
&~Hayrating kimnidir yodingga solar, 
Meni tanimaysan... Bu- men Qorbobo! 
Bahorni uyg'otib esganday bo'lar, 
O'sha, yigirma yil avvalgi sabo... 
&~Qo'llaring qaltiray boshlaydi bexos, 
Eshikka suyanib turadi hasrat... 
Qarshingda mung'ayib boqadi besas 
O'sha yigirma yil avvalgi qismat. 
&~Sovuq tashqarida qorning quyuni, 
Ko'cha chiroqlari porlar- qahrabo... 
Qismat bo'ronida daydib uyingni 
Yigirma yil o'tgach topdi Qorbobo... 
&~O'g'ling shodliklari sig'mas dunyoga- 
Qorbobo! Qopida sovg'alari mo'l. 
Deyman: "Muz tog'lardan o'tdim piyoda, 
Mana, yigirma yil yurib keldim yo'l..." 
&~Dasturxoni- qadahlar terilgan bayram, 
Ularda may kabi to'lgim keladi. 
Hamma narsa go'zal...Botartib biram, 
Archangga yurakni ilgim keladi. 
&~Qo'lingdan jaranglab tushadi qadah, 
Sindi oshkor etib qayg'uli sirni. 
Devorga bosh qo'yib tinglasan nogoh, 
O'sha yigirma yil avvalgi she'rni: 
&~"Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi, 
Ona zamin haqqi qasam ichaman: 
Sen mening qalbimda bir uzing balqi 
Istasang she'rimdan 
Men voz kechaman!.." ...Xayr! 
&~Nigohlari qismatday qora... 
Hamma narsa go'zal- dasturxon, bayram... 
Men chiqib ketaman bo'ronlar aro 
Kechalar boshimdan yog'ar oppoq g'am. 
&~O'g'ling ma'yus tortar, 
Savollar berar: 
-Oyi, yig'laganday bo'ldi, ajabo? 
Uzoq o'tirmadi qayerga borar, 
Qopini qoldirib ketdi Qorbobo?.. 
&~Muz kechalar ayoz q'ynida, 
Ko'chalar chirog'i porlar- qahrabo. 
Tentirab yuradi qor quyunida 
Qayga borishini bilmas Qorbobo...
&~Yangi Yilda yaxshi tilak bildirmoq odat, 
Yili bo'y boshingizga yog'sin shafoat, 
Tark etmasin "o'n ikki oy" baxtu saodat, 
Tark etmasin "ellik ikki hafta" xalovat! 
Ishq o'tida "sakkiz mingu yetti yuz soat", 
"Uch yuz oltmish besh kun" ko'ring rohat-farog'at, 
Kulib "besh million ikki yuz ming soniya" omad, 
Yaratganning panohida yuring salomat !!
&~ 





