X-FILES jurnalidagi "JAVA-MODDING" "MOBIL JURNALISTIKA" va hokazo bo'limlarga o'xshatib, o'z jurnalingizda bo'limlar yaratmoqchimisiz? Bu ish ham huddi "Maqola terish" ishiga o'xshab ketadi, biroq bir oz farqi bor.
Demak, "Jurnal nomi" degan katta bo'limdagi "FAQ", "Matn rangini o'zgartirish" va "Sport haqida" maqolalari oldiga "LATIFALAR" nomli bo'lim qo'shing! Buning uchun latifalarni txt formatda yig'ib, "txt" papkasiga kiriting. Endi "latifalar.al" deb "xml" papkasida fayl yarating va txt formatdagi latifalaringizni o'sha "latifalar.al" koren fayliga kiriting ("Maqola terish" mavzusidagidek).
Katta bo'lim "main.al"ga kirib, hozirgi yaratgan faylingizni yozasiz. "main.al" ni ichida "FAQ - /txt/FAQ.txt"
"Matn rangini o'zgartirish - /txt/text.txt" va
"Sport haqida - /txt/sport.txt" kabi teglarga ko'zingiz tushadi. Siz ushbu 3 ta tegni hohlagan joyiga ushbu tegni yozing: "LATIFALAR - latifalar.al". Shu yerda e'tibor bering! Bu tegda resurs manziliga bo'lgan yo' ko'rsatilmagan. Dastur ushbu teg kiritilganda papkalar ichidan ushbu "latifalar.al" faylini o'zi topadi. Agar bu teg bunday yozilsa:
"LATIFALAR - /xml/latifalar.al" teg ishlamaydi. Aynan shu yerda ushbu farq kuzatiladi.

GiGaPRO