"txt" papkasida boya aytib o'tilgan to'rt matn fayli (about.txt, help.txt, FAQ.txt, text.txt) mavjud.
"about.txt" matn faylida menyudagi "Jurnal haqida" bo'limidagi ma'lumotlar saqlanadi.
"help.txt" matn faylida menyudagi "Yordam" bo'limidagi ma'lumotlar saqlanadi.
"FAQ.txt" matn faylida jurnal terish haqidagi ma'lumot saqlanadi. Bu ma'lumotni siz menyudagi 'Jurnal nomi" degan joyga kirib, u yerdagi "FAQ" maqolasiga bossangiz kifoya. U mavzuda dvijkadagi jurnal terish ma'lumotlari yozilgan.
"text.txt" matn faylida dvijkadagi maqolalardagi matn ranglarini qanday qilib o'zgartirish mumkinligi yozilgan. Siz uni menyudagi "Jurnal nomi" degan joyga kirib, u yerdagi "Matn rangini o'zgartirish" maqolasiga kirib o'qiy olasiz.

Umuman olganda siz bu papkaga o'zingiz yozgan maqolalarni kiritasiz. Masalan "Jurnal nomi" degan joyga kirsangiz "FAQ" va "Matn rangini o'zgartirish" maqollalariga ko'zingiz tushadi. Siz u yerga o'zingizni maqolangizni joylashtirishingiz mumkin. Buning uchun biror maqola yozing! Masalan, sport haqida yozib, uni "sport.txt" deb nomlab, "txt" papkasiga olib kiring. (Davomi  "Maqola terish" mavzusida)