"xml" papkasida bizni bo'limlarga bo'lish va maqolalarni terish uchun koren fayl saqlanadi. Papkada boya aytib o'tilgan koren fayl (main.al), jurnal nomi (name.ini) va grafika fayli (skin.ini) saqlanadi.
"main.al" koren fayli ma'lumot va bo'limlarni chaqirish (bog'lash) ga hizmat qiladi.
"name.ini" fayli bu jurnalni nomi. Uni ichiga kirsangiz "Jurnal nomi" degan so'zga ko'zingiz tushadi. Menyudagi "Jurnal nomi" degan joyni huddi o'zi. Siz esa u yerga o'z jurnalingizni nomini "Jurnal nomi" degan joyni o'chirib, yozib qo'yasiz. Men u yerga "X-FILES" deb yozganman, shuning uchun jurnalim bosh menyusida "Jurnal nomi" ni o'rniga "X-FILES" degan katta bo'lim chiqadi.
"skin.ini" bu jurnalimizni ko'rinishi hisoblanib, biz uni ko'rinishini hohishimizga moslab o'zgartirib olishimiz mumkin. Bu ish RGB kodlar orqali amalga oshiriladi. Bu huddi WapMasterlikka o'xshaydi!

GiGaPro