Tovush - Javani uch asosidan biri. Bu asos o'zida Java-Arxivga kerakli bo'lgan ovoz effektlarini jamlaydi. Dasturlarda bu asosdan ko'p foydalanilmasa ham ammo o'yinlarda juda ko'p foydalaniladi. Dasturlarda bu asosni ko'p hollarda imy formatini kiritishadi. Java o'yinlarni ichida ko'proq mid, wav, amr formatlari kiritilinadi. Kompyuter o'yinlarida mp3 formati ham kiritilinadi. Siz o'z java o'yiningizga sevimli honandangizni musiqalarini kiritishingiz mumkin. Bu haqida keyingi sonlarda ma'lumot beramiz.
Ho'sh o'yin yoki dasturlarda ovoz effektlarini nima keragi bor?
Ular o'yinlarni sifatini oshirib, ularni zerikarli bo'lib qolmasligini taminlaydi. Dasturlarda tovushlar odatda biror ish bajarilganda signal berish uchun qo'llaniladi.
Siz o'z modifikatsiya ishlaringizda bu asosni o'zgartirishni unutmang! Ularni ko'proq milliy musiqalarimizga o'zgartiring!

Muallif: GiGaPro