Agar adashmasam 2 yoki 3 yil oldin dadamni telefoni (Siemens C75)da on.wav va off.wav nomli musiqiy fayllarni ko'rib qolgan edim. So'ng ularni eshitsam menga juda ham yoqib qoldi.
U musiqalarni darrov o'zimni telefonimga o'tkazib olmoqchi bo'ldim va darrov IrDA'ni yoqdim (IK-Port ya'ni Infra Krasniy Port). Chunki dadamni telefonini Bluetooth'i yo'q edi. Keyin ularni IK-Port'dan o'zimni telefonimga o'tkazdim. Eh nimagadir o'tgan *.wav fayllarni telefonim o'qimadi.
Keyinchalik dadamni telidagi Sea ishlab chiqgan Kaspersky Antivirus'ini ichiga kirsam bir ajoyib musiqa bor ekan. Uni darrov Java-Arxiv ichidan chiqarib oldim-da, IK-Port'dan o'zimni telefoniimga jo'natdim. Afsuski bu safar ham o'tkazilgan *.wav faylni telefonim o'qimadi.
Shundan so'ng men "Ha, telefonimm *.wav faylni o'qimasa kerak!" deb, o'ylay boshladim.
Ammo bir kuni bir o'yinni modini ishlayotganimda *.wav faylni ko'rib qoldim. Uni darrov Java-Arxiv ichidan chiqarib, telefonim uni bemalol o'qishini bildim va IK-Port orqali o'tgan *.wav fayllarni ikkinchi telefonlar o'qiy olmasligini bilib oldim..
Ha, IK-Port'ni dastlabkilarida o'tkazilgan *.wav faylni qabul qilgan telefonlar o'qiy olmaydi.
Unda qanday qilib o'tkizsa bo'ladi?
IK-Port'dan ularni ZIP-Arxiv ko'rinishida o'tkazing!

GiGaPro