E'tibor bergan bo'lsangiz jurnaldagi aNNiMON so'ziga ko'p marotaba ko'zingiz tushmoqda! Ho'sh, u so'z nimani bildiradi?
U so'z taniqli nik (laqab) bo'lib, Ukrainalik yosh dasturchi o'ylab topgan. Uning haqiqiy ism sharifi Viktor Melnik. Viktor hammaga o'zini Viktor aNNiMON Melnik deb tanishtiradi. Uning yoshi hali 20 ga ham to'lmagan, bor yo'g'i shu yilda ya'ni 2011-yilda 19 yoshga qadam qo'ydi. Demak, u men (GiGaPRO) dan 3 yoshga katta ekan! Dasturchi yosh bo'lishiga qaramay juda ham foydali dasturlarni ishlab chiqgan. Menga uni Pro Paint Mobile dasturi yoqadi. U dastur kompyuterdagi Photo Shop dasturini mobil ko'rinishi bo'lib, multiscreen ekranli. Siz bu dastur haqida ushbu jurnal orqali bilib olishingiz mumkin.
Yana bir foydali dasturi aNMPWR dvijkasi. U dastur orqali jurnallar yaratishingiz mumkin! Qo'lingizdagi ushbu dastur ham aynan aNMPWR dvijkasi orqali yaratilingan. Bu dvijka haqida ham ushbu X-FILES jurnali orqali bilib olasiz. U hozir Ukrainani "Donets" viloyatini "Ugledar" shahrida istiqomat qilmoqda. Men o'ylaymanki aNNiMON haqida sizga kerakli ma'lumotlarni berdim! Aytgancha uning sayti annimon.com hisoblanib, dasturlarini ko'pi shu saytda joylashgan!

Muallif: GiGaPro